Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari oʻrtasida ishchilarni ishga qabul qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.