Elchi “QFFD” bilan hamkorlikda Samarqanddagi Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilayotgani uchun Qatar tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida taʼlim, sogʻliqni saqlash, va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarda xorijiy hamkor sifatida Qatar taraqqiyot jamgʻarmasini jalb etishga kelishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.