Muloqot davomida Umar Al-Ansoriy Qatar universiteti va Oʻzbekistonning tegishli oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston va Qatar oliy taʼlim tizimi faoliyati boʻyicha maʼlumot almashildi.
Muzokaralar natijasida joriy oʻquv yilida “Xorijliklar uchun arab tili kurslari” bir yillik dasturi doirasida oʻzbekistonlik talabalarni grant asosida oʻqitish va talabalar almashinuvi hamda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish yoʻnalishlarida kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Qatar universiteti 1977-yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy taʼlim muassasasi mamlakatdagi eng katta davlat universiteti hisoblanadi.