Futbol boʻyicha toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi JCh-2022 oʻyinlari 21-noyabr kuni Doha shahridagi “Al-Bayt” stadionida boʻlib oʻtadigan oʻyin bilan ochilib, 18-dekabr kuni shu shahardagi “Lusail” stadionida oʻtkaziladigan final bahsi bilan yakunlanadi. Musobaqa uchun arablar 8 ta stadionni hozirlashmoqda.

Jahon chempionatining guruh bosqichidan oʻrin olgan bahslar 2022-yilning 21-noyabrdan 2-dekabrga qadar oʻtkaziladi. Guruh bosqichida har bir kunda toʻrttadan oʻyin boʻlib oʻtishi belgilangan.

3-dekabrdan boshlab, guruhdan chiqqan 16 terma jamoa ishtirokidagi nimchorak final oʻyinlariga start beriladi va bu bosqichning soʻnggi bahslariga 6-dekabr kuni yakun yasaladi.

Chorak final oʻyinlari ikki kunlik tanaffusdan soʻng, 9-dekabr kuni boshlanadi va 10-dekabr kuni yakunlanadi. Yarim final bahslari 13-14-dekabr kunlariga belgilangan.

Yarim finalda magʻlub boʻlganlar 17-dekabr kuni 3-oʻringa kim munosib ekanligiga oydinlik kiritishsa, navbatdagi jahon chempionlarining kim boʻlishini 18-dekabr kuni bilib olamiz.