Ikki davlat oʻrtasidagi muzokaralar davomida viloyatda yashil energiyani rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlash va bu borada kompaniya bilan hamkorlik aloqalarini olib borish masalalari muhokama etildi.
Maʼlumot oʻrnida, “Qatar national cement” kompaniyasi 1965-yilda tashkil topgan boʻlib, yillik daromadi 1 milliard dollarga teng.
Qatar davlatidan tashrif buyurgan mehmonlar suhbatda kompaniya tomonidan sement va beton mahsulotlari ishlab chiqarilishi, yillik ishlab chiqarish quvvati 8 million tonna ekani va albatta oʻrnatilgan hamkorlik natijasida bu yoʻnalishda mamlakatdagi toza ekologik muhit taʼminlanishi bilan bir qatorda, sanoat sohasiga ham foyda keltirishi toʻgʻrisidagi fikrlarini bildirib oʻtdilar, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Viloyat hokimi arab mamlakati kompaniyasi vakillarining taklifini maʼqulladi.