Tomonlar afgʻonlararo inklyuziv muzokaralarni davom ettirish orqali Afgʻonistondagi siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish boʻyicha oʻzaro munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar.
Qayd etilganidek, Afgʻonistonda barqaror tinchlikni oʻrnatishga koʻmaklashish uchun xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtirish muhim sanaladi.
Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, shuningdek, Afgʻonistonda Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining qoʻshni mamlakat iqtisodiyotini tez surʼatda tiklashda muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.