Joriy yilning 17-oktyabr kuni Toshkentda vazir Laziz Qudratov Qatar bilan Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Shayx Muhammad Bin Ahmad al-Kuvariy oʻrtasida 40 dan ortiq kompaniyalar vakillari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, jumladan, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, togʻ-metallurgiya, energetika va neft-kimyo, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, transport va logistika sohalarida, shuningdek, xususiylashtirish dasturi doirasida qoʻshma loyihalar sonini koʻpaytirish uchun foydalanilmagan salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.
Suhbat yakunida “Dynasty Jet” kompaniyasining Oʻzbekistonda vakolatxonasini ochish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Shu bilan birga, Qatarning “Al Mai Trading”, “High Com Global Trading” hamda Oʻzbekistonning “Millmax Trading” va “Turan as” kompaniyalari bilan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi.
Oʻzbekiston tomoni yangi tashabbuslarni amalga oshirishning har bir bosqichida har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Qatar tomoni esa mamlakatda investorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi va muhokama qilingan barcha loyihalar boʻyicha faol ishlashga tayyorligini taʼkidladi.