баннер
17 Mar 2025
02:24

    Tezlik uchun jarima qoʻllashda qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlanishi mumkin

    Qonunchilik palatasiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi kiritildi.

    Mazkur qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritildi, deya xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan tezlik bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha radar va spidometrlar koʻrsatkichlari xatolaridan kelib chiqib, qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlangan holda maʼmuriy jazo qoʻllanilishi nazarda tutilmoqda.

    Bugungi kunda amaliyotda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanib kelinmoqda.

    Masalan, harakatlanish tezligi 60 km/soat belgilangan hududda radar tomonidan 69 km/soat tezlik bilan harakatlangan deb topilgan haydovchiga ehtimoliy xatolik bilan 64 km/soat (–5 km/soat) tezlik uchun jarima qoʻllaniladi.

    Belgilanayotgan qoidalar bu kabi holatlarning oldini olishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech