Unga ko‘ra 2021 yilning yakuni bo‘yicha 14 ta viloyat hamda 205 ta tuman (shahar)ning reytingi aniqlandi. Reyting 17 ta indikator bo‘yicha shakllantirilib, unda 30 ga yaqin mas’ul idora tomonidan kiritilgan qariyb 4 mingta statistik ma’lumot tahlil qilindi. Tahlil natijasiga ko‘ra quyidagi asosiy xulosalar olindi.
Biznes muhiti
Reytingdan eng muhim maqsad – qaysi hududda biznes muhiti yaxshiyu, qayerda muammolar bor degan asosiy savolga oydinlik kiritishdan iborat.
O‘tgan yilgi biznes reytingiga ko‘ra 14 ta hudud ichida tadbirkorlik muhiti bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida qayd etildi. Kuchli uchlikni Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati egallangan.
Ahvol eng yomon hududlar sifatida esa Surxondaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida eng quyi natijalar qayd etildi.