Qaysi davlatga qancha tarvuz eksport qilindi?

    Agrosektor 24 Iyun 2020 2374

    Joriy yilning 1-iyun holatiga koʻra, qiymati 121,1 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 190,5 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi.

    Tarvuz mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 113,5 tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 11,2 tonnaga koʻp demakdir.

    Bundan tashqari oʻzbek tarvuzlari Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Tojikistonga ham eksport qilinmoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasiga 38,3 tonna, Qirgʻiz Respublikasiga 38,4 tonna va Tojikistonga 0,3 tonna eksport qilingan.