Ayni paytda bu roʻyxatni “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqarmoqda. Futbolchining yillik daromadi 200 million dollardan koʻproqni tashkil etadi. Undan keyingi oʻrinni egallagan PSJ hujumchisi Klian Mbappening daromadi 128 million dollar.
Kuchli oʻnlikdan Lionel Messi (PSJ, 110 million dollar), Neymar (PSJ, 87 million dollar), Muhammad Saloh (“Liverpul”, 53 million dollar), Erling Xoland (“Manchester Siti”, 39 million dollar), Robert Levandovski (“Barselona”, 35 million dollar), Eden Azar (“Real”, 31 million dollar), Andres Inyesta (“Vissel Kobe” 30 million dollar) va Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti” 29 million dollar) joy olgan.