Qaysi hollarda smartfonni internetdan zudlik bilan uzish zarur?

    Ko‘pgina foydalanuvchilarning smartfonlari uyali aloqa operatori yoki Wi-Fi orqali doimiy ravishda internetga ulangan bo‘ladi. Biroq, gadjetni tarmoqdan imkon qadar tezroq uzish kerak bo‘lgan holatlar mavjud.

    Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda foydalanuvchi trafikning ko‘p sarflanayotganidan ogoh bo‘lishi kerak. Bu odatda dasturiy ta’minotni yangilash bilan bog‘liq. Biroq, trafikning ko‘p sarflanayotgani ba’zi hollarda zararli dastur faolligi haqida ham guvohlik beradi. Zararli dastur mavjudligining yana bir bilvosita belgisi smartfonning haddan tashqari qizishi bo‘lishi mumkin.

    Agar shubhangiz bo‘lsa, darhol smartfoningizni mobil internetdan uzishingiz, Wi-Fi tarmog‘iga ulanishingiz va antivirus dasturini ishga tushirishingiz kerak. Ko‘pgina zamonaviy qurilmalarda bu dastur oldindan o‘rnatilgan va ularning ba’zilari hatto tarmoqqa kirishni talab qilmaydi.

    Mutaxassisning ta’kidlashicha, ortib borayotgan trafik sarfini kuzatish juda oddiy. Bunda o‘zingiz “sozlamalar” menyusiga o‘tib, qaysi dastur sizning tarifingizni “yeyishini” ko‘rib chiqishingiz mumkin.

    Tafsilotlarni aloqa operatorining shaxsiy kabinetida ham olishingiz mumkin. Samarali usullardan biri — telefonda mobil trafikdan foydalanishga cheklov qo‘yish, buni gadjet sozlamalarida ham amalga oshirish mumkin.