Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika boʻyicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10 243 taga koʻp.

Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 4 178 ta; 

Andijon – 4 434 ta;

Buxoro – 3 894 ta;

Jizzax – 2 388 ta; 

Qashqadaryo – 5 223 ta;

Navoiy – 1 528 ta; 

Namangan – 4 190 ta; 

Samarqand – 6 723 ta;

Surxondaryo – 4 893 ta;

Sirdaryo – 1 536 ta;

Toshkent – 5 459 ta;

Fargʻona – 5 900 ta; 

Xorazm – 4691 ta;

Toshkent sh. – 4 717 ta.