Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan 20 442 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 25,2 trillion soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,4 foizga oshgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida yuqori ulushga ega hududlar:

Toshkent shahri – 15,7 foiz;

Toshkent viloyati – 12,9 foiz;

Samarqand viloyati – 11,2 foiz.