Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragi davomida respublikamizda 1 374,4 million dona tuxum yetishtirilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 100,2 foizga teng.

Hududlar kesimida yetishtirilgan tuxum hajmi:

Qoraqalpogʻiston R. – 80,3 million;

Andijon – 52,3 million;

Buxoro – 83,3 million;

Jizzax – 50,6 million;

Qashqadaryo – 90,8 million;

Navoiy – 73,2 million;

Namangan – 111,9 million;

Samarqand – 243,7 million;

Surxondaryo – 100,2 million;

Sirdaryo – 33,7 million;

Toshkent – 242,1 million;

Fargʻona – 103,2 million;

Xorazm – 109,1 million.