Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil yanvar-avgust oylarida koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 38333,4 milliard soʻmni tashkil etdi.
Umumiy xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 21,9 foizga teng.
Hududlar kesimida koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlarlarning hajmi:
Qoraqalpogʻiston R. – 1 098,6 milliard;
Andijon viloyati – 2 381,7 milliard;
Buxoro viloyati – 1 308,4 milliard;
Jizzax viloyati – 1 047,4 milliard;
Qashqadaryo viloyati – 1 371,1 milliard;
Navoiy viloyati – 1 040,5 milliard;
Namangan viloyati – 1 222,4 milliard;
Samarqand viloyati – 1 675,9 milliard;
Surxondaryo viloyati – 1 282,8 milliard;
Sirdaryo viloyati – 838,2 milliard;
Toshkent viloyati – 1 760,9 milliard;
Fargʻona viloyati – 2 025,6 milliard;
Xorazm viloyati – 1 075,5 milliard;
Toshkent shahri – 20 204,4 milliard soʻm.