Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 237 tani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1 908 taga koʻpaygan.

Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:

Toshkent shahri – 7 876 ta;

Toshkent viloyati – 1 426 ta;

Samarqand viloyati – 641 ta;

Surxondaryo viloyati – 539 ta;

Fargʻona viloyati – 516 ta;

Andijon viloyati – 384 ta;

Buxoro viloyati – 322 ta;

Namangan viloyati – 281 ta;

Qashqadaryo viloyati – 237 ta;

Navoiy viloyati – 233 ta;

Jizzax viloyati – 224 ta;

Xorazm viloyati – 193 ta;

Sirdaryo viloyati – 187 ta;

Qoraqalpogʻiston R. – 178 ta.