Yuqorida qayd etilgan qaror ilovasida hududlar olis va chekka hududlar deb eʼtirof etiladi. Ilovada mamlakatimizdagi 242 ta qishloq, mahalla va ovullar sanab oʻtilgan.
Shuningdek, qarorga binoan qayd etilgan hududlarda ishga qabul qilingan malakali mutaxassislarga beriladigan bir martalik boshlangʻich yordam puli hamda har oylik kompensatsiyasi soliq toʻlovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash boʻyicha imtiyozlardan oliy taʼlim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (taʼlim shaklidan qatʼi nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga egadir.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.