Kecha boʻlib oʻtgan yarim final oʻyinlaridan soʻng Argentinada tashkil etilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida toʻp suradigan ikki jamoa nomi maʼlum boʻldi.
Urugvay Isroilni 1:0 hisobida yengdi. Italiya Janubiy Koreyani 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shunday qilib, 11-iyun kuni Isroil va Janubiy Koreya 3-oʻrin uchun, Italiya va Urugvay jahon chempinoligi uchun maydonga tushadi.