Futbol muxlislar uchun o'ynaladi.  Muxlissiz stadionda to'p tepish futbolchilarga ham yoqmaydi. Stadionlar to'la bo'lishi uchun esa, avvalo, chempionatning, futbolchilarning saviyasi baland bo'lishi kerak.

Xo'sh, futbol eng ommaviy o'yin hisoblangan Evropada qaysi jamoaning o'yinini ko'p muxlis ko'radi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bu borada “Barselona”ga teng keladigan jamoa yo'q. Uning har bir o'yinini o'rtacha 83 206 muxlis ko'radi. Undan keyingi ikki o'rinni nemis jamoalari – “Borussiya” Dortmund  (81 228 muxlis) va “Bavariya” Myunxen (75 006 muxlis) egallagan.

Bu ro'yxatda kuchli o'nlikka, shuningdek,  “Manchester YUnayted” (73 815 muxlis), “Inter”  (72 630 muxlis), “Milan” (71 880 muxlis), “Marsel” (62 623 muxlis), “Vest Hem YUnayted” (62 462 muxlis), “Roma” (62 043 muxlis) va “Tottenhem” (61 585 muxlis) kirgan.