Shuningdek, yaqin kunlarda Qozogʻiston bilan ikkala davlat sertifikatlarini oʻzaro tan olish boʻyicha kelishuvga erishilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, hozirda Oʻzbekiston MDHning boshqa mamlakatlari bilan sertifikatlarni tan olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Sentyabr oyidan boshlab Hamdoʻstlik davlatlari ham bir birining sertifikatlarini tan olishi kutilmoqda.
Sanitariya xizmatining taʼkidlashicha, boshqa mamlakatlar bilan sertifikatlarni oʻzaro tan olish boʻyicha kelishuv keyinchalik tuziladi.