Qaysi mobil aloqa operatorlari abonentlari soni boʻyicha yetakchi?

    2022-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamiz aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganlik darajasi 73,3 % ni tashkil etmoqda.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan mobil aloqa operatorlari orasida abonentlari soni boʻyicha “Beeline”, “Ucell” va “Uzmobile” kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.

    Jami mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar (jismoniy shaxslar)ning 79,8 % i mazkur 3 ta aloqa operatorlari hissasiga toʻgʻri kelgan.