Qaysi viloyatlarda eng koʻp tugʻilish qayd etildi?

    Ijtimoiy hayot 19 Yanvar 2021 1875

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga 2020-yil davomida respublikamiz hududlari orasida Samarqand viloyatida eng koʻp yaʼni, 101,4 ming tugʻilish qayd etilgan.

    Hududlar kesimida tugʻilishlar soni quyidagicha:

    • Qoraqalpogʻiston R. – 39,3 ming kishi
    • Andijon – 81,4 ming kishi
    • Buxoro – 41,5 ming kishi
    • Jizzax – 38,0 ming kishi
    • Qashqadaryo – 90,2 ming kishi
    • Navoiy – 23,8 ming kishi
    • Namangan – 74,7 ming kishi
    • Samarqand – 101,4 ming kishi
    • Surxondaryo – 74,6 ming kishi
    • Sirdaryo – 21,0 ming kishi
    • Toshkent – 66,1 ming kishi
    • Fargʻona – 93,0 ming kishi
    • Xorazm – 41,9 ming kishi
    • Toshkent sh. – 54,9 ming kishi