Qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini oshirish kerakligi taʼkidlandi

    Mutasaddilarga meva-sabzavotni saqlash sigʻimini 63 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

    Joriy yilning oʻtgan davrida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 910 million dollarni tashkil qildi. Yil yakunigacha reja qilingan eksportni taʼminlash uchun birinchi galda qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini keskin koʻpaytirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Hozirda saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini oshirish boʻyicha 9 trillion soʻmlik 382 ta loyiha boʻyicha ishlar boshlandi.

    Bunday loyihalarni koʻpaytirish, yil yakunigacha jami quvvati 57 ming tonna boʻlgan 10 ta agrologistika markazi, 230 ming tonnalik sovutkichli omborxona qurish zarurligi qayd etildi.