Tumandagi “Zebuniso” mahallasida tashkil etilgan “Onalar bog'i”ning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Oila va xotin qizlar davlat qo'mitasi raisi Z.Mahkamova, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari, viloyat Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Mirg'oziyeva hamda qo'mita mas'ul xodimlari ishtirok etishdi. Ochilish marosimi tafsilotlari haqida Toshkent viloyati hokimligi yozdi.
Yurtimizda yashil hududlarni tashkil etish, mahalla, ko'cha va hiyobonlarni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha xayrli ishlar davom etmoqda. Respublika va viloyatdagi tizim rahbarlariga Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov hamrohlik qilib, mazkur bog'ga birgalikda dastlabki daraxt ko'chatlarini o'tkazishdi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida o'tkazilgan “Onalar yashil makon uchun” aksiyasi davomida mazkur bog'ga tumandagi faol xotin-qizlar ham ko'plab mevali va manzarali daraxt hamda gul va rayhon ko'chatlari ekishdi.