Qibray tumanidagi osh markazida yongʻin sodir boʻldi

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

    Hodisa bugun, 10-dekabr kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Gʻafur Gʻulom” MFY, A.Navoiy koʻchasida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yongʻin sodir boʻldi. Bu haqdagi maʼlumot Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 03:49 da kelib tushdi, deya xabar beradi boshqarma matbuot xizmati.

    16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 05:10 da oʻrab olingan va soat 05:50 toʻliq oʻchirilgan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

    Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari-Shtab boshligʻi polkovnik S.T.Zufarov, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar rahbar xodimlari yetib borgan.