Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga koʻra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2107,4 ga yer, shundan 1002,6 ga qishloq xoʻjaligi yer maydoni hamda  quyidagi ijtimoiy obyektlar oʻtkazilishi taʼminlangan:

Mahallalar – 8 ta;
Noturar joylar – 195 ta;
Turar joylar – 5091 ta;
Maktablar – 3 ta;
Maktabgacha taʼlim muassasalari – 1 ta;
Diniy muassasalar – 2 ta;
Qabristonlar – 2 ta;
Tibbiy muassasalar 1 ta;

Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga oʻtayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.