Tadbirda Chirchiq shahar Olimpiya zaxiralari kolleji oʻqituvchisi J.B. va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi E.A.lar fuqaro Gʻ.ni ushbu universitetga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. boshqa bir fuqaro B.ni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari yordamida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.