Toshkent viloyat perinatal markazida dunyo yuzini koʻrgan egizaklar hozirda shifokorlar nazoratida. Ayni paytda ona ham, egizaklar ham sogʻlom.
Qibray tuman FHDYO boʻlimi mudirasi Saodat Mirzairova chaqaloqlarga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani egizaklarning otasi Meken Yelemesovga topshirdi. Uning maʼlum qilishicha, 2021-yilning 13-iyul kuniga qadar Qibray tumanida 2 ming 329 nafar bola dunyoga kelgan boʻlib, uch egizakning tugʻilish joriy yilda ilk marotaba qayd etildi.
Meken va Aygerim Yelemesovlar bugungacha bir nafar qiz farzandning ota-onasi boʻlgan. Uch nafar egizak esa ularning baxtini yana-da toʻkis qildi, deya xabar beradi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.