Jumladan, yashash xonadoni mavjud boʻlmagan uy-joyga muhtoj 7 ta oila hozirgi kunda Qibray tumanidagi “May” qishloq vrachlik punkti binosida vaqtincha yashab kelmoqda.

Ushbu “May” qishloq vrachlik punkti binosidagi 7 ta oilani tabiiy gaz hisobdoni fuqaro N.Saidxoʻjayeva nomiga rasmiylashtirilgan boʻlib, ularning tabiiy gazdan 2426700 soʻm qarzi boʻlgan.

MIB Qibray tuman boʻlimi tomonidan shu yilning 29-iyun kuni homiylar yordamida mazkur 7 ta xonadonning tabiiy gazi uchun 2500000 soʻm toʻlab berildi.