Qidiruvda boʻlgan ayol Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

    Oʻzbekistonda sodir etgan jinoyati uchun 19-yildan buyon qidiruvda boʻlgan ayol Turkiyada qoʻlga tushdi.

    Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

    Qayd etilishicha, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 2-qismidagi, yaʼni jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishni nazarda tutuvchi harakatni sodir etgani uchun 2006-yildan buyon qidiruvda boʻlgan.

    1962-yilda tugʻilgan fuqaro A.D. olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlanib, qoʻlga olindi va Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.