Fuqarolik ishlari boʻyicha Sherobod tumanlararo sudining 2022-yil mart oyidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Angor tumanida yashovchi fuqarodan olingan kredit qarzdorligini oʻz vaqtida toʻlab bermaganligi sababli 70 million 958 ming soʻm qarzdorlikni undirish belgilangan.
Byuroning Angor tuman boʻlimi tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor bir necha bor ogohlantirildi.
Qarzdorning mol-mulklari oʻrganilganda “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlangan hamda ushbu avtotransport vositasini xatlash maqsadida qidiruv eʼlon qilingan edi.
Olib borilgan tezkor qidiruv natijalari koʻra ushbu avtotransport vositasi Termiz shahridan topilib, ijro harakatlarini davom ettirish uchun davlat ijrochilariga topshirildi.
Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi.