Qidiruvda boʻlgan shaxslar Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga qaytarildi

    Firibgarlik jinoyati sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan bir nechta shaxs Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

    Qoʻlga olinganlar:

    • Arabov Gʻanijon Murodilloyevich, 1982-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan;
    • Boboyusupova Shohista Toʻxsanboy qizi, 1992-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan;
    • Mukimova Gulzoda Xushvaqtovna, 1970-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan.

    Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolarni vazirlikning quyi tizimlariga yoki Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishga chaqirmoqda.

    Taʼkidlanishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan shaxslarga nisbatan jinoiy taʼqib izchil davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi.

    Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik bilan bogʻliq murojaatlar soni ortib borayotgani qayd etilmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolardan turli firibgarlik usullariga aldanib qolmasliklari uchun ogoh boʻlishlari soʻralmoqda.