Gap shundaki, u “Ipotekabank” ATBdan kredit olgan va uni oʻz muddatida qaytarmagan. Shu sababli, sud qarori asosida kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Qoʻqon shahar boʻlimi ish yurituviga 13.06 2024-yilda kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Ijro harakatlari davomida mazkur avtotransport vositasiga taqiq oʻrnatilgan.
Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga bir necha marotaba borib koʻzdan kechirilganda, avtomashina yoʻqligi aniqlangach, qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasiga koʻra, ushbu avtomashina Uchkuprik tumani,«Eshimbek« MFYdagi xonadonning biridan YTH oqibatida pachoqlangan holda topilib, davlat ijrochisi tomonidan xatlandi va hozirda auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.