Mazkur ijro hujjati 21.04.2020-yilda Majburiy ijro byurosi Bagʻdod tuman boʻlimi ish yurituviga olinib, majburiy ijro harakatlari oʻtkazishga kirishilgan.
Qarzdor Sh.Ahmadjonova ixtiyoriy ravishda kredit qarzini toʻlashdan bosh tortganligi sababli uning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar oʻrganilganida, “Sinotruk” rusumli yuk mashinasi mavjudligi aniqlangan.
Mazkur transport vositasi ham qarzdor tomonidan ixtiyoriy taqdim etilmaganligi sababli 15.05.2020-yilda transport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, boʻyicha barcha notarial harakatlarga taqiq qoʻyilgan.
Oradan qariyb bir yil oʻtgach 23.04.2021-yilda Byuroning Fargʻona viloyat boshqarmasi qidiruv shoʻbasi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida yuk mashinasi Oʻzbekiston tumani hududida yuk tashish bilan shugʻullanayotgan vaqtida ushlangan va tegishli hujjatlar asosida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotish uchun chiqarilgan.
Shundan keyingina qarzdor Sh.Ahmadjonova 208 mln. 474 ming soʻm qarzini bankka toʻliq toʻlab, yuk mashinasini savdo maydonchasidan qaytarib oldi. Biroq, Sh.Ahmadjonova ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarmaganligi sababli uning maʼmuriy javobgarlik masalasi ham hal etildi.