Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dogʻda qoldirib, oltin medallarga sazovor boʻldi. Hamyurtlarimiz final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Eslatib oʻtamiz, yakkalik yoʻnalishida kechgan bahslarda Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medaliga sazovor boʻlgan edi, deb xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.