Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi jamoalari qatnashgan mazkur musobaqada sablyachimiz Yana Obvinseva shohsupaga koʻtarildi.

Hamyurtimiz ushbu turnirda bronza medaliga sazovor boʻldi. Murosasiz kechgan yarim final bellashuvida Obvinseva rossiyalik Darya Drozdga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Musobaqada gʻoliblik 2018-yilgi jahon chempioni Sofiya Pozdnyakovaga nasib etdi.

Qilichbozlik boʻyicha xalqaro turnir.
Sablya, ayollar:

1. Sofiya Pozdnyakova (Rossiya)
2. Darya Drozd (Rossiya)
3. Yana Obvinseva (Oʻzbekiston)
3. Svetlana Sheveleva (Rossiya)