Mazkur Jahon chempionatini boshqarish uchun dunyoning 39 mamlakatidan kelgan hakamlar orasida Toshkent shahridan Xalqaro (B) toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor.
Final bellashuvlarini kuzatish uchun Italiya Prezidenti janob Serdjo Matarella kelganda ham musobaqani D.Turdiqulova boshqarib bordi.
D.Turdiqulova ancha yillardan buyon xalqaro musobaqalarda hakamlik qilib, uchrashuvlarni odilona boshqarib boradi va 2024-yilda Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ham hakamlik qiladi.