Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida yoshlarimiz sovrindor boʻldi

    Sport 26 Fevral 2025 1234

    Shu kunlarda Quvaytda qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatining yoshlar oʻrtasidagi bahslari boʻlib oʻtmoqda.

    Quvonarlisi ushbu bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Ayni paytda sablya boʻyicha erkaklar terma jamoamizning yetakchisi boʻlib turgan Musa Aymuratov oʻz yosh toifasida qitʼa birinchiligida tengsiz ekanini koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Aymuratovga yarim finalda imkoniyatni boy bergan Islambek Abdazov esa bronza medaliga ega chiqdi.