Qilichbozlikning rapira yoʻnalishida qilichbozlarimiz sovrindor boʻldi

    Sport 16 Fevral 2025 943

    Musobaqaning yigitlar oʻrtasidagi bahslar sportchilarmiz uchun omadli oʻtdi.

    Murosasiz bellashuvlar yakunida Ulugʻbek Usmonov bronza medaliga sazovor boʻldi. Shohsupaning qolgan barcha pogʻonalarini italiyalik qilichbozlar egalladi.

    Bugun jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi boshlangandi.