“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi:
Qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi, xususan:
- 30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;
- 31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.
Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga (https://lex.uz/en/docs/6346726) quyidagi mazmundagi qoʻshimchalar kiritildi:
Qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qoʻllagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qoʻyiladigan mezonlarni belgilashda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi:
- yaratilgan ish oʻrinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;
- yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi;
- tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega boʻlishi.