Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 43 yoshli (ayol) M.N., “Telegram” messenjeridagi “Eng arzon shoping” nomli guruhda nomaʼlum akkaunt egasi tomonidan uning pullari talon-toroj qilinganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 24 yoshli (ayol) D.N. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, D.N. oʻzining “Eng arzon shoping” nomli guruhida M.N. bilan tanishib, uning ishonchiga kirish orqali bank kartasiga oldindan 1.200.000 soʻm pullarini oʻtkazib olgan, soʻng uning qoʻngʻiroqlariga javob bermasdan, “qora roʻyxat”ga solib qoʻygan.

Jinoyat sodir etgan D.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qonunga muvofiq, D.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.