Qimor oʻyinlarini reklama qilgan ikki vaynerga chora koʻrildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega boʻlgan blogerlar oʻzlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatildi, deya xabar beradi Raqobat qoʻmitasi.

    Aniqlanishicha, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek, qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:

    • Shamsiddinov Amirxon Oʻtkir oʻgʻli (amirxon_uzbek)
    • Ilyosov Doniyor Maʼruf oʻgʻli (donik_krash).

    Raqobat qoʻmitasi mazkur shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortgani va materiallarni sudga yuborganini maʼlum qildi.