Qimorxona faoliyatiga chek qo'yildi

    Voqea-hodisalar 6 Iyul 2020 1773

    Joriy yilning 30-iyun kuni Namangan shahar IIO FMB TEQKB, JQB va DXX tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish” jinoyati aniqlandi.

    1963-yilda Namangan shahrida tugʻilgan, hozirda vaqtincha ishsiz boʻlgan fuqaro yashash xonadonida qimorxona tashkil etib kelayotganligi boʻyicha olingan maʼlumotga asosan uning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida ushbu fuqaro jami 9 nafar oʻziga tanish boʻlgan shaxslarga qimor oʻynashlari uchun yashash xonadonida sharoit yaratib berganligi aniqlandi, hamda voqea joyidan jami 34.867.000 soʻm pul, 1.120 AQSh dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340.000 soʻm miqdoridagi pullarni ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Namangan viloyati IIB Axborot xizmati