Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatimizga tashrif buyurdi

    Hukumat 8 Noyabr 2023 1293

    Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn oltinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

    Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Shundan soʻng, Oliy martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan IHT samitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar poytaxtimizga yetib kelgan.