баннер
27 Apr 2025
17:46

    Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi

    Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

    Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Shundan soʻng, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.

    Eslatib oʻtamiz, sammit kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech