Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Oʻzbekistonga keldi

    Joriy yilning 2-may kuni Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov mamlakatimizga tashrif buyurdi.

    Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Qirgʻiziston hukumati delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi dasturidan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston – Qirgʻiziston hukumatlararo qoʻshma komissiyasining oʻn birinchi yigʻilishida ishtirok etish va boshqa masalalar oʻrin olgan.