Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari hamda strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining yorqin va betakror iste’dodi, musiqa va qo‘shiqchilik yo‘nalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida muloqotni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va boyitishga qo‘shgan munosib hissasi, qardosh xalqlarimiz orasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi ibratli ishlari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan

    Omurbayev Nur Santashevich - T.Satilganov nomidagi Qirg‘iz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijori

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

    Duyshenbek uulu Zakirbek - Qirg‘iz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev