Qirgʻiziston — Oʻzbekiston avtomobil yigʻish zavodini ishga tushirmoqda

    Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillari ishlab chiqariladi.

    Qirgʻiziston — Oʻzbekiston avtomobil yigʻish zavodi 2024-yil 28-maydan sinov rejimida ishlashga tayyor boʻladi.

    Korxona Chuy viloyatining Soʻquluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston 12 xil avtomobil modelini qoʻshma ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

    2023-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston prezidentining davlat tashrifi doirasida Qirgʻizistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolangandi. Loyihaga koʻra, u uch bosqichda amalga oshiriladi.

    Dastlabki uch yil ichida 10 mingta avtomobil va tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishga 500 kishi jalb qilinadi. Mahalliylashtirish 5-10 foizni tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlash quvvatini 20 mingtagacha avtomobil va tijorat avtomobillariga yetkazish nazarda tutilgan. Mahalliylashtirish 15-20 foiz, ish oʻrinlari soni esa 1000 ta boʻladi.

    Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi 30 mingtagacha yengil va tijorat avtomobillariga, korxonada ishchilar soni esa 2000 kishiga yetkaziladi.