Qirg‘iziston delegatsiyasiga O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va boshqa rasmiylar hamrohlik qilmoqda.
Mehmonlar «Texnopark» hududida faoliyat yuritayotgan gaz hisoblagichlari, sanoat konditsionerlari, suv nasoslari, qolip va matritsalar, muzlatgich, lift va eskalator ishlab chiqaradigan 6 ta yuqori texnologik zavodlarning ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Shuningdek, ularga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumat delegatsiyasi Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
24-fevral kuni Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya «Texnopark»ga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tashrif davomida qirg‘iz tomoni «Texnopark» va uning hududida joylashgan korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgan.